携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Buyuk Britaniya va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 mutaxassislari Iqlim Havfsizligi masalalari bo鈥檡icha fikr almashdi

Janob Ian Trim, Moskvadagi Buyuk Britaniya Elchixonasining Iqlim Havfsizligi bo鈥檒imining Boshlig鈥檌, 29 va 30 Iyul kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.

袘褍 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
UK climate change strategy

UK climate change strategy

Janob Trimning kelishidan asosiy maqsad - iqlim o鈥檢garish masalalariga oid savollar to鈥檊鈥檙isida 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍lik va xalqaro hamkasblari bilan muzokaralar o鈥檛kazish va Buyuk Britaniyaning bu sohadagi ilg鈥檕r tajribasini targ鈥檌b etish.

Janob Trim Gidrometeorologiya Xizmat Markazi mutaxassislari va 鈥淥鈥檢bekenergo鈥 davlat aksiyadorlik jamiyati vakillari bilan uchrashuv o鈥檛kazdi. Uchrashuv cho鈥檊鈥檌da janob Trim Buyuk Britaniyadagi zaharli gazlar emissiyalarini kamaytirish va iqlim o鈥檢garishiga moslashish uchun davlat darajasida qanday ishlar olib borilishi haqida prezentatsiyasini taqdim etti. Bundan tashqari janob Trim Buyuk Britaniyada energiya samaradorligiga ahamiyat berilishi va 鈥測ashil鈥 iqtisodiyotni rivojlantirish natijasida iqtisodiy o鈥檚ish yuzaga kelishini tushuntirib berdi.

Tashrifi davomida janob Trim Alternativ Energiya Klubi (翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍da muntazam energiya rivojlanishi sohasida izlanishlar olib borayotgan yosh tadbirkolar va olimlardan tashkil topgan guruh) a鈥檢olari bilan, BMTning Taraqqiyot Dasturi vakillari bilan, AQShning Xalqaro Taraqqiyot Dasturi mutaxassislari va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍daki Jahon Bankining vakolatxonasi bilan qator uchrashuvlar o鈥檛kazdi. Bu uchrashuvlar davomida O鈥檢bektonda qanday ishlar olib borilmoqda va Buyuk Britaniya hamda 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 qaysi savollar bo鈥檡icha kelajakda hamkorlik qilishi mumkinligini aniqlab oldi.

鈥淏ir necha samarali uchrashuvlar davomida men 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍lik va xalqaro hamkorlarim bilan iqlim havfsizligiga oid bo鈥檒gan muhim masalalar haqida muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega bo鈥檒dim. Oylayman ki, bu 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 va Buyk Britaniya o鈥檙tasida kelajakda fikr va tajriba almashish uchun ko鈥檖gina savollardan biri 鈥 dedi janob Trim tashrif ohirida.

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 31 iyul 2013