携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Buyuk Britaniya Elchixonasi Milliy Inson Huquqlar Markaziga qiynoqlar bo鈥檡icha axborot tuzish qo鈥檒lanmasini tantanali ravishda topshirdi

Joriy yilning 1 may kuni 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar doktor Akmal Saidov, Milliy Inson Huquqlari Markazi Direktori bilan rasmiy uchrashuv o鈥檛kazdi

袘褍 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
Handbook on Torture Reporting

Handbook on Torture Reporting

Joriy yilning 1 may kuni 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar doktor Akmal Saidov, Milliy Inson Huquqlari Markazi Direktori bilan rasmiy uchrashuv o鈥檛kazdi; uchrashuv davomida Elchi inson huquqlari bo鈥檡icha ikkitamonlama aloqalarni muhokama qildi va MIHMga Buyuk Britaniya Elchixonasi homiyligida o鈥檢bek tilida chop etilgan 鈥淨iynoqlar: axborot tuzish bo鈥檡icha qo鈥檒lanma鈥 kitobining 500ta nusxasini tantanali ravishda topshirdi.

MIHMda bo鈥檒ib o鈥檛gan tadbirda 30ga yaqin turli davlat idoralarni va oquv muassasalarini vakillari ishtirok etti. Ular ichida: O鈥檢b械kiston R械spublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo鈥檡icha vakili (ombudsman) vakolatxonasi, Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuror idorasi, yuristlar malaka oshirish markazi, Bosh prokuratura qoshidagi oily o鈥檘uv kurslar, Toshkent yuridika oliygohi vakillari va boshqalar.

Tadbir qatnashuvchilari qo鈥檒lanmaning qayta chop etilishidan asosiy maqsadlar bilan tanishdi. Qo鈥檒lanma birinichi bor 2003 yilda Elchixona va MIHM hamkorligida tarjima qilinib chop etilgan. Bugungi kunda ham qo鈥檒lanmani chop etilishi uchun Buyuk Britaniya Elchixonasi homiylik qilmoqda. MIHM bu qo鈥檒lanmani inson huquqlari masalalari bilan shug鈥檜llanadigan mutaxassislarga, aloqador davlat organlari va nodavlat muassasalariga tarqatib beradi.

鈥淨iynoqlar: axborot tuzish bo鈥檡icha qo鈥檒lanma鈥 Esseks Oliygohini qoshida faoliyat olib borayotgan Inson Huqular Markazi va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda 2000 yilda ishlab chiqarilgan. Qo鈥檒lanma bir necha tillarga tarjima qilinib butun dunyoda inson huquqlari bo鈥檡icha mutaxassislar orasida mashhurlik qozondi chunki bu kitob texnik jihatdan juda qulay. Bu hujjat qiynoq yoki kamsituvchi muomala haqida habar bermoqchi har bir insonga ko鈥檓ak beradi. Qo鈥檒lanma xalqaro tashkilotlarga qiynoqlar bo鈥檡icha shikoyat berish jarayonini aniq va ravshan tasvirlab beradi.

鈥淢illiy Inson Huquqlari Markazi va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 hukumati bilan BMTning Qiynoqlarga qarshi Konventsiyasi doirasidagi majburiyatlarini to鈥檒iq bajarishiga hissa qo鈥檚hganimizdan va aktiv hamkorligimizdan juda mamnunman. Umid qilamanki, qayta chop etilgan qo鈥檒lanma foydali vosita bo鈥檒ib, inson huqulari sohasida ishlayotgan mutaxassislar uchun qo鈥檒 keladi鈥 o鈥檢 kirish nutqida dedi janob Elchi.

翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi Buyuk Britaniya Elchixonasi va MIHM o鈥檙tasida inson huquqlari bo鈥檡icha dialogi rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunga qadar Buyuk Britaniya Elchixonasi ikki britaniyalik mashxur mutaxassislarini 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga tashrif buyurishi uchun hissa qo鈥檚hgan: Mustaqil Monitoring Kengashining sobiq Prezidenti janob Piter Selbi va London Oliygohining yetakchi professori janob Bill Bauring o鈥檢bekistonlik hamkasblari bilan uchrashib, qiynoqlarni oldini olish va mahbuslar huquqlarini himoya qilish savollari bo鈥檡icha fikr va tajriba almashdi.

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 1 may 2014