携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Buyuk Britaniya Elchixonasi Qirolichaning tug鈥檌lgan kunini nishonladi

Oliya Hazratlarining 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍daki Elchisi Qirolicha Yelizavetta Ikkinchi Zoti Oliyalarining tavallud topgan kuniga bag鈥檌shlangan rasmiy tantana o鈥檛kazdi

袘褍 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
British Embassy celebrates the Queen鈥檚 Birthday

Joriy yilning 13 iyun kuni Oliya Hazratlarining 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍daki Elchisi Qirolicha Yelizavetta Ikkinchi Zoti Oliyalarining tavallud topgan kuniga bag鈥檌shlangan rasmiy tantana o鈥檛kazdi va ikki tamonlama aloqalarni yanada ham mustahkamlanishiga ravnaq qo鈥檚hdi.

Kechagi kun olti yuzga yaqin mehmonlar 鈥 Toshkent diplomatik korpusining vakillari va O鈥檢bek mehmonlar Qirolicha Zoti Oliyalarining tavallud topgan kuniga bag鈥檌shlangan tadbirga tashrif buyurdi. Ular ichida: siyosatchilar, tadbirkorlar va madaniyat arboblari. Janob Elyor G鈥檃niev, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vaziri va janob Sodiq Safoev, Oliy Majlisi Tashqi siyosat ishlari bo鈥檡icha qomitasining raisi eng yuqori darajali O鈥檢bek mehmonlari bo鈥檒dilar. Mehmonlar orasida Elchixonaning va Britaniya Kengashining Facebookdagi do鈥檚tlari ham bor edi. Ular maxsus bellashuvda ishtirok etib, tabirga taklifnomalarni yutib oldilar.

Oliya Hazratlarining Elchisi mehmonlarni qutladi va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 鈥 Buyuk Britaniya ikki tamonlama aloqalari haqida to鈥檟talib o鈥檛di:

Ohirgi yil - 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 va Buyuk Britaniya ikki tamonlama munosabatlari uchun qizg鈥檌n palla bo鈥檒di. Vazir, janob G鈥檃niev va Tashqi ishlar Vaziri janob Komilovni bu yil Noyabr oyida Londonda qarshilaganimizdan hursandmiz. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar Vazirining Birinichi o鈥檙inbosari Baronessa Varsi 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga aprel oyida uchinchi marotaba tashrif buyurdi. So鈥檔ggi kunlarda bir necha tadbirda menga Britaniya Kengashining yoshlarga ingliz tilini o鈥檙gatish va ularning ish bilan ta鈥檓inlanishi uchun kerakli bo鈥檒gan bilimlarni egallashida 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 hukumatining oldiga qo鈥檡gan ulkan maqsadlarini naqadar faol qo鈥檒lab - quvvatlagini haqida bir necha bor ta鈥檏idlashdi.

Mehmonlar kecha davomida Mudofaa vazirligining namunali-ko`rgazmali harbiy orkestri musiqachilarining navolaridan va an鈥檃naviy Britaniya musiqasidan bahramand oldilar.

Ushbu tadbir bir qator mahalliy va xalqaro Britaniya kompaniyalari tomonidan homiylashtirilgan; bu esa 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 鈥 Buyuk Britaniya o鈥檙tasida rivojlanib kelayotgan savdo aloqalarining ramzidir.

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 16 iyun 2014