携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi Elchixonasi Qirolichaning 90 yoshini nishonladi

2016 yilning 9 iyunida Buyuk Britaniyaning 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi favqulodda va muxtor Elchisi janob Kristofer Allan o鈥檢 qarorgohida Hazrati Oliyalari Qirolicha Yelizaveta II-ning 90 yoshligi, hamda Shekspir vafotining 400 yilligiga bag鈥檌shlangan tantana o鈥檛kazdi.

袘褍 2015 to 2016 Cameron Conservative government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
The Ambassador welcomed the guests and spoke of strengthening UK-Uzbekistan bilateral relations before proposing a toast to the Queen.

Buyuk Britaniyaning 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi favqulodda va muxtor Elchisi, janob Kristofer Allan, 2016 yilning 9 iyunida o鈥檢 qarorgohida Qirolicha Yelizaveta II-ning 90-tavallud kuniga hamda 鈥淪hakespeare Lives鈥, ya鈥檔i 鈥淪hekspir barhayot鈥 kampaniya doirasida Uilyam Shekspir vafotining 400 yilligiga bag鈥檌shlangan qabul marosimini o鈥檛kazdi. 鈥淪hekspir barhayot鈥 kampaniyasi 2016 yil davomida butun dunyo bo鈥檡lab o鈥檛kaziladigan, Shekspir ijodini va uning muttasil ta鈥檚irini nishonlashga qaratilgan turli chora-tadbirlarni qamrab olgan.

Bu tadbirga 500ga yaqin yuqori martabali mehmonlar tashrif buyurdilar. Ular orasida Britaniya jamoatchiligining, diplomatik korpus va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ning siyosiy, tadbirkorlik va madaniyat jamoatining vakillari bo鈥檒di. Mehmonlar qatorida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri janob Elyor Ganiyev, Oliy Majlisning Tashqi siyosat ishlari bo鈥檡icha qomitasining raisi janob Sodiq Safoev tashrif buyurdilar. Alohida taklif qilingan mehmonlar orasida Elchixonaning Feysbukdagi sahifasidagi Shekspirga bag鈥檌shlangan tanlovda qatnashgan va Qirolichaning tavallud kunini nishonlanishiga taklifnoma yutib olgan g鈥檕lib ham bor edi.

Elchi Allan mehmonlarni qutlab, 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 va Buyuk Britaniya ikki tomonlama aloqalarining mustahkamlanishi borasida to鈥檟talib o鈥檛di hamda Qirolicha sharafiga qadah ko鈥檛ardi:

Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki hamda Evropa Ittifoqining asosiy moliyaviy hissadori sifatida Buyuk Britaniya ushbu tashkilotlar orqali 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 rivojlanishi yo鈥檒ida bir necha million dollar miqdorida ajratiladigan grantlar va imtiyozli kreditlarga mablag鈥 ajratadi. Keyingi yil davomida biz davlat boshqaruvi, iqtisodiy va mintaqaviy rivojlanish kabi ustuvor yo鈥檔alishlarni qo鈥檒lab quvvatlashga qaratilgan yanada ko鈥檖roq mahalliy dasturlarni amalga oshirish rejalashtirilayotganidan mamnunman.

Toshkentdagi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda olib borilayotgan 鈥淪hekspir barhayot鈥 kampaniyasi borasida Elchi shuni ta鈥檏idladi:

So鈥檔ggi oylarda 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga Globus teatrining tengi yo鈥檘 鈥淕amlet鈥 spektakli hamda 鈥淢akbet鈥 asari asosida sur鈥檃tga olingan yangi filmini namoyish etishga erishganimizdan faxrlanaman.

Tadbirning musiqaviy dasturi London Shotlandiya polki qatoridan volinka chaluvchi va barabanchi, hamda mashhur va an鈥檃naviy Britaniya qo鈥檚hiqlarini ijro etgan 鈥淔lyin鈥 Up鈥 guruhi tomonidan namoyish etildi.

Ushbu tadbirni o鈥檛kazishda bir qator mahalliy, xalqaro va Britaniya kompaniyalari homiylik qildi; bu esa 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 va Buyuk Britaniya o鈥檙tasidagi hamkorlikning yaqqol misolidir.

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 14 iyun 2016