携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Britaniyalik ekspert Toshkentda xalqaro investitsiyalar bo鈥檡icha mahorat darslari o鈥檛kazadi

23 dan 27 fevral mobaynida Bat Universitetining professori Ian Krouford 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi Bank va moliya akademiyasi talabalari uchun korporativ byudjet boshqaruvi va investitsiya qarorlari bo'yicha bir qator ma'ruzalar o'tkazadi.

袘褍 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
Banking and Finance Academy

23 dan 27 fevral mobaynida Bat Universitetining professori Ian Krouford 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi Bank va moliya akademiyasi, hamda 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi talabalari uchun korporativ byudjet boshqaruvi va investitsiya qarorlari bo鈥檡icha bir qator ma鈥檙uzalar o鈥檛kazadi. Bu mahorat darslari Bat universiteti bilan hamkorlikda, hamda Buyuk Britaniya elchixonasining moliyaviy ko鈥檓agi yordamida Britaniya Kengashi tomonidan tashkil etildi.

Maruzalar doirasida Britaniyalik ekspert turli mavzularga to鈥檋talib o鈥檛adi. Xususan, korporativ byudjet boshqaruvi, ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yo鈥檒lari, menejerlik qarorlarini qabul qilish, bank sektorida xalqaro moliyaviy hisobot standartlaridan foydalanish, shuningdek, investitsiya havfini baholash va kamaytirish kabi mavzular shular jumlasidandir. Shu bilan bir qatorda, Professor Krouford 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍da ham amal qilinishi mumkin bo鈥檒gan yuqorida aytib o鈥檛ilgan sohalardagi Britaniya tajribasi haqida auditoriyaga ma鈥檒umot beradi. Shu ikki oliy ta鈥檒im muassasalarida ma鈥檙uzalar hamda talabalar bilan bo鈥檒adigan suhbatlar ingliz tilida bo鈥檒ib o鈥檛adi.

2015 yilning 23 fevralida Bank-moliya akademiyasida bo鈥檒ib o鈥檛gan kurs ochilish marosimida akademiya rektori professor Adham Bekmuradov, 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi Britaniya Kengashining directori janob Mark Crossi, hamda Buyuk Britaniya Elchisi janob Djorj Edgar shu kurslarda qatnashadigan 60 dan ortiq talabalar uchun tabrik nutqi bilan chiqdilar.

Ochilish marosimida Elchi janob Edgar so鈥檢ga chiqib shunday dedi:

Men Bank va moliya akademiyasi bilan hamkorligimizni davom ettirayotganligimizdan mamnunman. Shu dargohda professor Krouford hisob bo鈥檡icha uchinchi marta o鈥檛kazayotgan ma鈥檙uzalar seriyasida qatnashadigan talabalrni tabriklamoqchiman. Men professor Kroufordning bilim va tajribalari 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍da moliyaviy sektor kelgusi rahbarlari uchun foydali bo鈥檒adi deb umid qilaman.

Buyuk Britaniya Elchixonasi va Britaniya Kengashi ko鈥檓agida o鈥檛kazilayotgan ushbu mahorat darslari 2012 yildan buyon Bank va moliya akademiyasida uchinchi marta o鈥檛kazilyapti. Bundan burungi tadbirlarda Bat hamda London Metropolitan Universiteti professorlari audit, moliya va soliq bilan bog鈥檒iq masalalarda ma鈥檙uzalar qilishgandi.

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 24 fevral 2015