携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri o鈥檙inbosarining 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga rasmiy tashrifi yakunlandi

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Hukumatining Tashqi ishlar va Hamdo鈥檚tlik ishlari bo鈥檡icha davlat kotibining Parlament o鈥檙inbosari, Parlament a鈥檢osi, Tobias Ellvud 2016 yil 5-6 aprel kunlari 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga tashrif buyurdi.

袘褍 2015 to 2016 Cameron Conservative government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
The Parliamentary Under Secretary of State at the Foreign and Commonwealth Office Tobias Ellwood MP

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Hukumatining Tashqi ishlar va Hamdo鈥檚tlik ishlari bo鈥檡icha davlat kotibining Parlament o鈥檙inbosari, Parlament a鈥檢osi, Tobias Ellvud 2016 yil 5-6 aprel kunlari 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga tashrif buyurdi.

Tashqi ishlar vaziri o鈥檙inbosarining tashrifidan maqsad Buyuk Britaniya va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ning o鈥檢aro aloqalarni chuqurlashtirish, hamda siyosiy aloqalarning batafsilroq muhokamasi edi.

Tashrif davomida, Britaniya Parlamenti a鈥檢osi Tobias Ellvud Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Tashqi ishlar vaziri o鈥檙inbosari Dilyor Hakimov, Mudofaa vaziri general-polkovnik Qobul Berdiev, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G鈥檃niyev, Oliy Majlis Senatining Tashqi siyosat masalalari qo鈥檓itasining raisi Sodiq Safoyev, hamda Inson huquqlari bo鈥檡icha Milliy markaz direktori Akmal Saidov bilan uchrashuvlar o鈥檛kazdi.

Bundan tashqari, Vazir o鈥檙inbosari Toshkentdagi Britaniya sarmoyasi ishtirokida tashkil qilingan korxonalar vakillari, Buyuk Britaniya hukumatining 鈥淐hevening鈥 deb nomlangan stipendiya dasturi bitiruvchilari va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetining talabalari bilan uchrashdi.

Bu janob Ellvudning Tashqi ishlar va Hamdo鈥檚tlik ishlari bo鈥檡icha davlat kotibining Parlament o鈥檙inbosari sifatida 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga birinchi tashrifidir. Bundan oldin Buyuk Britaniya Hukumatining yuqori darajali vakillari qatoridan Tashqi ishlar vazirining birinchi o鈥檙inbosari Saida Varsi 2014 yilning aprel oyida 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga tashrif buyurgan.

Tobias Ellvud Buyuk Britaniya Hukumatining Tashqi ishlar va Hamdo鈥檚tlik ishlari bo鈥檡icha davlat kotibining Parlament o鈥檙inbosari lavozimiga 2014 yilning iyul oyida tayinlandi. 2005 yilning may oyida janob Ellvud Konservativ partiyaning Bornmut shahri saylov okrugi tomonidan Parlament a鈥檢osi bo鈥檒ib saylandi. Janob Ellvud Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, Markaziy Osiyo, terrorizmga qarshi kurash, mudofaa va xalqaro xavfsizlik hamda kadrlar bilan bog鈥檒iq masalalar uchun mas鈥檜l.

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 7 aprel 2016