携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Yuqori martabali Buyuk Britaniya davlat Vazirining 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga tashrifi boshlandi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar Vazirligining Yuqori martabali davlat Vaziri (Tashqi ishlar Vazirining Birinchi o鈥檙inbosari) Saida Varsi 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga tashrif bilan keldi.

袘褍 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
Baroness Warsi

Baroness Warsi

11 iyun kuni Baronessa Varsi Xivaga kelib, mahalliy hukumat organlari bilan uchrashuvlar o鈥檛kazdi va Toshkentga uchib ketishidan oldin shaxarni tomosha qilishga muvofiq bo鈥檒di. Toshkentda esa Baronessa 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 Respublikasi Hukumatining va Parlamentning yuqori darajali vakillari bilan ikki tamonlama muzokaralar o鈥檛kazishi kutilmoqda.

Baronessa Varsi Shakarjon Xo鈥檍aniyozova, Xorazm viloyati hokimining birinchi o鈥檙inbosari bilan uchrashdi va viloyatning qishloq ho鈥檍alik, ekologiya va turizm sohalarida iqtisodiy o鈥檚ish xaqida muloqot qurdi. Undan tashqari Baronessa shaxarni tomosha qildi va mahalliy hunarmandlar bilan suhbatlashdi. Ular ichida Britaniya Kengashi tomonidan tashkillashtirilgan gilam to鈥檘ish markazi hunarmandlari. Baronessa Varsi Yuqori martabali Buyuk Britaniya davlat Vaziri lavozimiga 2012 yil sentyabr oyida tayinlangan. Bundan oldin esa Baronessa Konservativ Partiyaning rais o鈥檙inbosari lavozimida faoliyat ko鈥檙satgan. Baronessa hozirgi paytda ham Buyuk Britaniya Parlamenti Lordlar palatasida Konservativ partiyasini vakilidir. Baronessa Varsi o鈥檢 lavozimida Afg鈥檕niston, Pokiston va Bangladesh davlatlari bilan aloqalarni rivojlanishi, Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni rivojlanishi, inson huquqlari, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti, Xalqaro jinoiy sud va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni ilgari surish masalalari uchun mas鈥檜l. Bundan tashqari Baronessa Varsi Lordlar palatasida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi faoliyati uchun javobgar. Baronessa birinchi bora 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga 2012 yil aprel oyida Portfelsiz Vazir lavozimida tashrif buyurdi. Birinchi tashrifi davomida Baronessa Varsi Samarqand va Buxoro shaxarlarini ko鈥檙ishga muvofiq bo鈥檒di.

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 12 iyun 2013