携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining birinchi o鈥檙inbosari

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri birinchi o鈥檙inbosarining 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga rasmiy tashrifi yakunlandi. 16-17 aprel kunlari Baronessa Varsi Toshkentda bir qator uchrashuvlar o鈥檛kazdi

袘褍 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
Uzbek - British flag

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri birinchi o鈥檙inbosarining 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga rasmiy tashrifi yakunlandi. 16-17 aprel kunlari Baronessa Varsi Toshkentda bir qator uchrashuvlar o鈥檛kazdi. Baronessa Varsi kelishidan asosoiy maqsadlari 鈥 Buyuk Britaniya va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 o鈥檙tasidagi ikki tamonlama munosabatlarni yanada ham mustahkamlash, va siyosiy aloqalar, mintaqaviy havfsizlik va inson huquqlari kabi savollarni muhokama qilish edi. O鈥檢 tashrifi cho鈥檊鈥檌da Baronessa Varsi 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ning bir qator yuqori martabali vakillari bilan uchrashdi. Ular orasida Bosh Vazirining birinchi o鈥檙inbosari va Moliya Vaziri janob Rustam Azimov, 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 tashqi ishlar Vaziri janob Abdulaziz Komilov, Mudofaa Vaziri general-leytenant Qobul Berdiev, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vaziri janob Elyor G鈥檃niev, 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 Oliy Majlisi Tashqi siyosat ishlari bo鈥檡icha qomitasining Raisi Senator Sodiq Safoyev va Milliy Inson Huquqlari Markazi Direktori janob Akmal Saidov.

Bundan tashqari Vazir o鈥檙inbosari fuqarolik jamiyati vakillari, hamda 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍da faoliyat yurutayotgan britaniya kompaniyalari va Britaniya oliy ta鈥檒im dargohlarini bitirgan yosh o鈥檢bekistonlik mutaxassislari bilan samarali uchrashuvlar o鈥檛kazdi. Bu Baronessa Varsining Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirini birinchi o鈥檙inbosari sifatida 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga ikkinchi tashrifi va 2012 yildan boshlab uchinchi tashrifi: 2012 yilda Baronessa Varsi Portfelsiz Vazir lavozimida 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍da rasmiy tashrif bilan bo鈥檒gan. Bu tashrifdan oldin Buyuk Britaniya tomonidan boshqa bir qator yuqori darajali tashriflar bo鈥檒ib o鈥檛gan. 2012 yilning fevral oyida Buyuk Britaniya Mudofaa Vaziri janob Filip Hammond Toshkentga tashrif buyurgandi.

Baronessa Varsi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirinining birinchi o鈥檙inbosari lavozimiga 2012 yil sentyabr oyida tayinlangan. Bundan oldin esa Baronessa Konservativ Partiya raisi o鈥檙inbosari lavozimida faoliyat ko鈥檙satgan. Baronessa hozirgi paytda ham Buyuk Britaniya Parlamenti Lordlar palatasida Konservativ partiya vakilidir. Baronessa Varsi hozirigi lavozimida Afg鈥檕niston, Pokiston va Bangladesh davlatlari bilan hamda Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarning rivojlanishi, inson huquqlari, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti, Xalqaro jinoiy sud va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni ilgari surish masalalari uchun mas鈥檜ldir. Bundan tashqari Baronessa Varsi Lordlar palatasida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi faoliyati uchun javobgardir.

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 17 aprel 2014