携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Britaniya - 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 musiqiy hamkorligi

Londondagi Shotlandiya Polkining ansambli O'zbekistonga tashrif buyurdi

袘褍 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
The London Scottish Regiment Band at the State Conservatory of Uzbekistan

The London Scottish Regiment Band at the State Conservatory of Uzbekistan

17 iyun kuni Davlat Konservatoriyada Londondagi Shotlandiya Polkining ansambli va 鈥淪ug鈥檇iyona鈥 nomli O鈥檢bek Davlat Kamera Orkestrining milliy cholg鈥檜chilari tominidan ijro etilgan taronalar hammaning e鈥檛iborini jalb qildi. Londondagi Shotlandiya Polki ansamblning volinka va baraban musiqachilari Geri Anderson (volinka), Endryu Vizers (baraban) va Robert Grin (volinka va raqqos) Davlat Konservatoriyasining sahnasida o鈥檢bek milliy musiqachilar bilan chiqish haqidagi takifni hursandchilik bilan qabul qilishdi.

Mr Andrew Withers and Mr Abdulla Ubaydullaev

Mr Andrew Withers and Mr Abdulla Ubaydullaev

鈥淪ug鈥檇iyona鈥 orkestri sozandalari Bekzod Turaev, Nasriddin Ro鈥檢iev ba Abror Mansurov o鈥檢bek milliy cholg鈥檜 asboblari yordamida (ular ichida nay, koshnay, nog鈥檕ra va doira) mahoratini ko鈥檙satishdi. Har bir musiqiy guruh o鈥檢ining milliy navolaridan qisqa parchalarni ijro etdi, undan so鈥檔g esa ular birgalikda hech qanday tayyorgarliksiz noyob an鈥檃naviy musiqalarni uyg鈥檜nlashishiga aylangan ajoyib 鈥渄jem-seyshn鈥 uyushtirishga muvofiq bo鈥檒dilar. Dastur oxirida esa Robert Grin 鈥淗aylend Fling鈥 deya nomlangan qadimiy Shotlandiya raqsini taqdim etti.

Mr Robert Green and Mr Abdulla Ubaydullaev

Bundan tashqari ansambl 13 iyun kuni uyushtirilgan Qirolichaning tug鈥檌lgan kuniga bag鈥檌shlangan marosimda, 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 Qurolli Kuchlar akademiyasida va Toshkent Umumqo鈥檚hin qo鈥檓ondonlik o鈥檘uv yurtida va Xiva shaxrida chiqishlar uyushtirdi. Xiva shaxrida ular Alla Kulixon madrasasi qarshisida ajoyib kuylarini Xorazm viloyati musiqiy maktabi talabalariga va shaxar mehmonlariga taqdim ettilar. Maktabning eng yosh o鈥檘uvchilari esa Buyuk Britaniyalik mehmonlar uchun 芦Twinkle Twinkle Little Star禄 deya nomlangan ingliz kuyini skripkada chalib berishdi.

Londondagi Shotlandiya Polkining ansambli 1859 yilda tashkil topib, dunyodagi eng uzoq tarixga ega bo鈥檒gan ko鈥檔gillilar volinka ansambli sifatida mashhurdir.

Batafsil ma鈥檒umot Londondagi Shotlandiya Polkining web sahifasida mavjud: http://www.londonscottishregt.org/

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 19 iyun 2013
小褳薪谐谐懈 褟薪谐懈谢邪薪懈褕 21 iyun 2013 show all updates
  1. The missing name inserted

  2. First published.