携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi Elchixonasi Buyuk Britaniya va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 aloqalarining 25 yilligini nishonlamoqda

17-fevral kuni Buyuk Britaniyaning 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi Elchisi janob Kris Allan Buyuk Britaniya va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 diplomatik aloqalarining 25 yilligiga bag鈥檌shlangan press-konferensiya o鈥檛kazdi.

袘褍 2016 to 2019 May Conservative government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
Her Majesty鈥檚 Ambassador to Uzbekistan, Mr Chris Allan at the press conference.

17-fevral kuni Buyuk Britaniyaning 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi Elchisi janob Kris Allan Buyuk Britaniya va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 diplomatik aloqalarining 25 yilligiga bag鈥檌shlangan press-konferensiya o鈥檛kazdi.

Elchi janoblari 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍lik va xorijiy jurnalistlarga Buyuk Britaniya va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 diplomatik aloqalarining 25 yili ichida, va ayniqsa 2016-yilda qanday muvaffaqqiyatlarga erishilgani to鈥檊鈥檙isida so鈥檢ladi. Elchi janoblari ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ertangi istiqbollari haqida so鈥檢 yuritdi.

2017-yil 18-fevral kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 Respublikasi o鈥檙tasida diplomatik aloqalarning o鈥檙natilishiga 25 yil to鈥檒adi. Albatta, davlatlarimiz o鈥檙tasidagi munosabatlar bundanda uzoqroq tarixga borib taqaladi. Qirol Genrix IV va Amir Temur o鈥檙tasidagi bundan deyarli 600 yil avval davrga oid yozishmalar saqlanib qolgan. Lekin faqatgina 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 Mustaqillikka erishgandan so鈥檔ggina bu aloqalarimiz doimiy tus oldi.

Bugungi kunda ikki tomonlama aloqalarimiz siyosiy, tijoriy, xavfsizlik, ta鈥檒im va madaniyat kabi ko鈥檖lab sohalarni o鈥檢 ichiga qamrab olgan. Xavfsizlik masalalari bo鈥檡icha Buyuk Britaniya va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ning aloqalari Afg鈥檕niston bo鈥檡icha tahliliy almashinuvlar va bir qator umumiy mintaqaviy muammolar ustida hamkorlikni o鈥檢 ichiga oladi. Britaniya Elchixonasi giyohvand moddalar va odam savdosi kabi xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi muammolarga qarshi kurashish bo鈥檡icha 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 hukumati bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Buyuk Britaniya 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 Parlamenti, Markaziy saylov komissiyasi va Milliy inson huquqlari markazi bilan davlat boshqaruvi islohotlari va universal qadriyatlar masalalari bo鈥檡icha ish olib bormoqda. Buyuk Britaniya 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 bilan savdo, iqtisodiyot va investitsion aloqalarni kuchaytirish, va ayniqsa buni Savdo va sanoat bo鈥檡icha 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍-Britaniya Kengashi orqali amalga oshirish yo鈥檒ida davom etmoqda. Elchi Allan Buyuk Britaniya va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 ikki tomonlama aloqalarining 25 yili ichida erishilgan ko鈥檖lab ijobiy yutuqlari haqida gapirdi. U 1993-yil noyabr oyida 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov janobi oliylarining Buyuk Britaniyaga tashriflari, va bunining davlatlarimiz orasidagi aloqalarning rivojlanishiga kuchli turtki bo鈥檒ganini aytib o鈥檛di. Shu o鈥檙inda aytib o鈥檛ish joizki, o鈥檛kan yili 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 Mustaqilligining 25 yilligi ikki tomonlama aloqalarimizda juda muhim rol o鈥檡nadi. 2016-yilning aprel oyida Tashqi ishlar vaziri o鈥檙inbosari Tobias Ellvud ikki tomonlama munosabatlarga yanada chuqurroq tus berish maqsadida tashrif buyurdi. 2016-yilning dekabr oyida esa Tashqi ishlar vaziri o鈥檙inbosari ser Alan Dunkan ham 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga safar uyushtirdi. Ministr Dunkan Prezident Mirziyoyevni qasamyod qabul qilinganidan so鈥檔g yuzma-yuz qutlagan birinchi xorijiy amaldor bo鈥檒di. 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 tomonidan, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov janobi oliylarining 2013-yil noyabr oyida Buyuk Britaniyaga tashrifi aloqalarimizning yanada kengayishida muhim qadam bo鈥檒di. Janob vazirni yana Londonda ushbu yil davomida kutib qolamiz.

Parlamentlararo hamkorlik ikki tomonlama aloqalarimizning muhim qismi bo鈥檒ib kelgan. Oliy Majlisning Buyuk Britaniya Parlamenti bilan hamkorlik guruhi 2010-yil avgust oyida tashkil topgan edi. 2010-yil sentabr oyida Oliy Majlis guruhi hamda 鈥淏ritaniya 鈥 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍鈥 Partiyalararo parlament guruhi o鈥檙tasida anglashuv Memorandumi imzolandi. 2011-yil noyabr oyida Buyuk Britaniya Parlamenti Senatorlar Safoyev va Artikova boshchiligidagi bir guruh 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 Parlamenti a鈥檢olarini qarshi oldi. 2013- va 2016-yillarda Lordlar palatasi a鈥檢osi Baronessa Vivyen Stern 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 Respublikasi Parlamentiga javob tashrifini uyushtirdi. Ular parlamentlarimiz o鈥檙tasidagi munosabatlarni va inson huquqlari sohasidagi rivojlanishni muhokama qilishdi.

Savdo va investitsiya sohasida gapirar ekan, Britaniya Elchixonasi, shuningdek, 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 bilan savdo, iqtisodiy va investitsiya aloqalarini O鈥檢bek va Britaniya tadbirkorlik subyektlarining bevosita aloqalarini rag鈥檅atlantirish va qo鈥檒lab-quvvatlash, Buyuk Britaniyaga va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga savdo missiyalarining qatnovini ko鈥檖aytirish va O鈥橞SSK orqali hamkorlikni kuchaytirish ustida ishlashda davom etishini bildirdi. O鈥橞SSK 1994- yilda tashkil qilingan bo鈥檒ib, shu sanadan beri har yili o鈥檛kaziladigan tadbir. Hozir unga 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri janob Elyor G鈥檃niyev, Buyuk Britaniya tomonidan esa Barbara Hey honim hamraislik qilishadi. Elchi janoblari, shungingdek, o鈥檛kan yilgi tadbir noyabr oyida Toshkentda bo鈥檒ib o鈥檛ganini va unda 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 hukumati vakillari hamda rekord sondagi Britaniya tadbirkorlari qatnashganiga urg鈥檜 berdi. Bu esa ikki davlat o鈥檙tasidagi savdo va investitsiya aloqalarining yanada yaxshilanishiga xizmat qildi. Bu yilgi O鈥橞SSK kuz oylarida Londonda bo鈥檒ib o鈥檛adi. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligining 2016-yil uchun e鈥檒on qilingan statistikasiga binoan, O鈥檢bekistan-Buyuk Britaniya savdo aylanmasi 151 million AQSh dollariga yetdi. Bu o鈥檛gan yilning munosib muddatiga taqqoslaganda, 43%ga yaqin o鈥檚ishni ko鈥檙satadi. 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dan Buyuk Britaniyaga asosiy eksport mahsulotlari qora metall va paxta bo鈥檒di. Buyuk Britaniyadan asosiy import mahsulotlari xizmatlar, mashinasozlik va uskunalar, kimyoviy moddalar, farmatsevtika va iste鈥檓ol mollarini o鈥檢 ichiga oladi. Bundan tashqari, Elchi janoblari Buyuk Britaniya va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 munosabatlarida mudofaa sohasining muhim roliga urg鈥檜 berdi va Afg鈥檕nistondagi harbiy operatsiyaning tranzitini tashkil qilishda 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ning yordamiga o鈥檢 minnatdorchiligini izhor etdi. Ushbu davr mobaynida ikkala davlatlarimiz o鈥檙tasidagi mudofaa hamkorligi o鈥檚ib bormoqda va o鈥檢aro foydali ravishda rivojlanishda davom etmoqda. Boshqa ko鈥檖lab yutuqlarimiz orasida Buyuk Britaniya, harbiy akademiyalarimiz tomonidan mudofaa sohasidagi ta鈥檒im kelishuvini imzolagan birinchi davlat bo鈥檒ganidan faxrlanamiz.

Elchi janoblari ta鈥檒im sohasidagi hamkorlik yutuqlariga ham to鈥檟talib o鈥檛di. 2016-yilda 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi Britaniya Kengashining vakolatxonasi faoliyatining 20 yilligini nishonlandi. Shu yillar davomida Britaniya Kengashi 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 oliy va o鈥檙ta-maxsus ta鈥檒im vazirligi bilan mustahkam aloqalar o鈥檙natishga erisha oldi. U ingliz tili va ta鈥檒im sohasida keng qamrovli milliy islohotlarga hissa qo鈥檚hmoqda. Ingliz tilini o鈥檙ganuvchilar uchun yangi turdagi qo鈥檒lanmalarining yaratilishi, ta鈥檒im tizimining har bir bosqichida ingliz tili o鈥檘ituvchilariga treninglar tashkil etish va Buyuk Britaniyaning zamonaviy ta鈥檒im resurslarini olishga imkoniyat yaratib berish shular jumlasidandir. Minglab Ingliz tili o鈥檘ituvchilari bu dasturlardan to鈥檊鈥檙idan-to鈥檊ri foyda olishdi. 2015-yilda Britaniya Kengashi san鈥檃t mutaxassislari va tashkilotlarga xalqaro hamkorlikka, innovatsiyaga va yangi tomoshabin va tinglovchilarga chiqish imkoniyatini beruvchi san鈥檃t dasturini qayta ishga tushurdi. 1994-yildan beri ko鈥檖lab 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍lik iqtidorli yosh mutaxassislar Buyuk Britaniya hukumatining Chevening grantlar dasturi orqali eng nufuzli Britaniya universitetlarida magistratura bosqichida tehsil olib qaytishga muvaffaq bo鈥檒dilar. Dasturning barcha bitiruvchilari hozir yaxshi ishlarga joylashganlar va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ning rivojlanishiga hissa qo鈥檚hib kelmoqdalar. Bundan tashqari, biz Britaniya Tashqi ishlar vazirligining davlat xizmati, biznes, axborot vositalari, ilmiy va xalqaro tashkilotlar sohalarida liderlik qobiliyatini namoyish qilganlar uchun Xalqaro liderlar dasturida 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍lik nomzodlarning o鈥檙in olishiga muvaffaq bo鈥檒dik.

Elchi janoblari Toshkentdagi xalqaro Vestminster Universiteti va tez suratlarda rivojlanayotgan Britaniya maktabining ikkala mamlakatning yoshlariga ta鈥檒im sohasida hamkorlik yaaratishiga yaxshi imkoniyatlar yaratayotganligini alohida ta鈥檏idlab o鈥檛di. Yana boshqa ko鈥檖lab sohalar orasida, Elchi janoblari 鈥渙damlardan odamlarga鈥 aloqalariga to鈥檟talib o鈥檛di. Buning ichiga har yili o鈥檚ib borayotgan Britaniyalik turistlar soni va ularning 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ning chuqur tarixi va madaniyatini o鈥檙ganish, mehmondo鈥檚t xalqi bilan ko鈥檙ishish uchun safar qilayotkanlari kiradi. Bizning sport jamoalarimiz ham yanada ko鈥檖roq uchrashishmoqda, ko鈥檖lab sportchilarimiz 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi nufuzli sport tadbirlarida qatnashish uchun tashrif buyurmoqdalar. Biz 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 regbi terma jamoasini 2016-yilda Toshkentda o鈥檛kazilgan Osiyo regbi chempionati musobaqalariga tayyorlash uchun Britaniyalik trenerni taklif qilgan edik.

Elchi janoblari 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ning biznes muhitni yaxshilash, korruptsiyaga barham berish va chet el investitsiyalarini jalb qilish yo鈥檒idagi intilishi juda muhim va ijobiy qadam ekanligini ta鈥檏idlab o鈥檛di. U hukumatning onlayn portal va boshqa baholash mexanizmlari orqali aholi bilan aloqasini yaxshilashga qaratilgan o鈥檢garishlar ko鈥檖lab ijobiy natijalarni berayotganini aytdi. Elchi Buyuk Britaniya qo鈥檒idan kelgancha ushbu islohotlarga 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 institutlari bilan tajriba almashish orqali yoki salohiyatini oshirishni moliyalashtirish orqali yordam berishga mamnun ekanligini bildirdi. Shu yilda Buyuk Britaniya Elchixonasi hukumatning iqtisodiyot, ochiq-oydinlik, javobgarlik va jinoyat-adliya tizimidagi islohotlarni qo鈥檒lab-quvvatlashga yo鈥檔altirilgan loyihalarni moliyalashtirishga 500,000 AQSh dollaridan ko鈥檖roq sarmoya kiritishni ko鈥檢lagan. Shu bilan birga, Jahon Banki, Osiyo taraqqiyot banki va Yevropa Ittifoqining asosiy donorlaridan biri bo鈥檒gan Buyuk Britaniya har yili 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ning rivojlanishi uchun ko鈥檖lab million dollarli grantlar va imtiyozli kreditlar ajratib kelmoqda. Xulosa o鈥檙nida, Elchi Allan yana bir bor Buyuk Britaning 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi islohotlar rejasini qo鈥檒lab-quvvatlashini ta鈥檏idlab o鈥檛di. Buyuk Britaniya 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ning kelajagi porloq ekaniga ishonadi va munosabatlarimizning kelayotgan yillarda yana ham kuchayishiga umid bildirib qoladi.

Elchi Allan o鈥檢 nutqidan so鈥檔g jurnalistlardan savollar qabul qildi.

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 20 fevral 2017