携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

O'zbekistonda Avliyo Endryu kuni bayrami nishonlanmoqda

Avliyo Endryu Shotlandiyaning tabarruk himoyachisi hisoblanadi va shu kun shotlandiyaliklar hamda Shotlandiyaning butun jahondagi roli va uning jahon hamjamiyatiga qoshgan hissasi haqida o鈥檡lash uchun juda qulay fursat sanaladi.

袘褍 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
Celebrating St Andew's Day in Uzbekistan

Buyuk Britaniya Avliyo Endryu kunini shu yilning 30 noyabrda nishonlaydi. Avliyo Endryu Shotlandiyaning tabarruk himoyachisi hisoblanadi va shu kun shotlandiyaliklar hamda Shotlandiyaning butun jahondagi roli va uning jahon hamjamiyatiga qoshgan hissasi haqida o鈥檡lash uchun juda qulay fursat sanaladi.

Siz, misol uchun, James Bondni ingliz emasligini bilarmidingiz? Shotlandiyalik muallif Ian Fleming o鈥檢ining kitoblarida uni shotland deb tariflagan. Yoki bo鈥檒masam penitsillining yana boshka Fleming isimli shahs tomonidan kashf etilganini hamda televizor va bug鈥 dvigatelining Shotlandiyada kashf etilganini bilarmidingiz?

Shotlandiya bugun sayyoh bo鈥檒asizmi, talaba bo鈥檒asizmi yoki biznes bilan shug鈥檜llanmoqchimisiz sizga mamlakatni taklif qilishi mumkin bo鈥檒gan imkoniyatlari beqiyos.

Bu yil turizm sohasida Shotlandiya uchun eng yahshi yil bo鈥檒ayotganga o鈥檋shaydi. Mamlakatga odatda yiliga 20 million odam sayyoh bo鈥檒ishi kuzatiladi. Bu ko鈥檙satgich butun boshli Shotlandiya aholisi miqdoridan 4 barobar ko鈥檖roq degani.

Sayyohlar Shotlandiyaning jonli va ko鈥檖millatli bol鈥檊an shaharlarini, jahon miqiyosidagi san鈥檃t festivallarini, hamda minglab tarihiy qasrlar, binolar, jang maydonlari, haroba va muzeylarga boy bo鈥檒gan chiroyli va tabiiy manzaralarni ko鈥檙ish uchun tashrif buyurishadi.

Shu bilan birgalikda, 40,000 ga yaqin horijiy talabalar har yil qirollarga hos bo鈥檒gan ta鈥檒im olish uchun mamlakatga kelishadi. Shotlandiyaning dunyo ahamiyatiga ega universitetlaridan biri bo鈥檒gan Avliyo Andryuv universitetida Shahzoda Villiam janobi oliylari ta鈥檒im olgan va bolg鈥檜si rafiqasini uchratgan.

Ta鈥檒imdagi bu ustunlik Shotlandiyaga innovatsiya sohasidagi o鈥檢iga hos an鈥檃nalarni davom ettirishda yordam beradi. Shotlandiya Buyuk Britaniyada Londondan keyin eng yuqori bosqichdagi ta鈥檒imni tashkil qilish bo鈥檡icha, tadqioqat va taraqqiyot hamda to鈥檊ridan to鈥檊ri investitsiyalar kiritish uchun eng qulay joy hisoblanadi.

Shotlandiyaning siyosiy kelajagi borasidagi yuqori ishonch va aniqlik mamlakatda faoliyat yuritayotgan Amazon, Dell, Microsoft, IBM, Morgan Stanley va Pfizer kabi nufuzli firmalar safiga yana boshka ko鈥檖lab firmalar qo鈥檚hilishiga sabab bolyapti.

Biznes vakillari Evropaning hajm bo鈥檡icha beshinchi moliyaviy markazi hisoblangan Edinburgdagi imkonoyatlar hamda Shotlandiyadagi biznes jarayonlarni mustaqil pudratchilarga o鈥檛kazish, moliyaviy hizmatlar, tabiiy fanlar va biotehnologiyalar, neft va gaz, qayta tiklanadigan energiya va boshka tehnologiyalar bo鈥檡icha yig鈥檌lgan katta tajriba va bilimdan keng foydalanishlari mumkin.

Sayyohlar Shotlandiyada yana butun jahonga mashhur bo鈥檒gan milliy taomlari va ichimliklari hamda turli qasrlarni ko鈥檙ish uchun yahshi imkoniyatdir.

Albatta, Shotlandiyaning butun jahon modasiga ko鈥檚hgan hissasini unutmasligimiz kerak. Tartan (qalin junli mato) va boshka Shotlandiya matolari dunyo dizaynerlari orasida yuqori sifatli va sevimli matolardan hisoblanadi.

Bu yilgi Avliyo Andryuv kuni Shotlandiyada boshqach ko鈥檙inish olmoqda. Bu kun yangi biznes imkoniyatalarni kashf kiladimi, yoki insonlar hotirasidan chiqmaydigan bayram tusini oladimi, yoki unitilgan shotlandiyaliklar ajdodlari haqida bilib olish imkoniyatini yaratadimi, nima bo鈥檒ganda ham, u shubhasiz sizni taajjubda qoldiradi.

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 28 noyabr 2014