携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Britaniya qurilish texnikasini Toshkentdagi namoishi.

Buyuk Britaniya Elchisi va uning o鈥檙inbosari JCB, qurilish texnikasini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mashxur Britaniya kompaniyasi, tomonidan o鈥檛kazilgan namoishda ishtirok ettilar.

袘褍 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
Backhoe loader JCB 3CX Eco

Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar va uning o鈥檙inbosari Fiona Makston JCB, qurilish texnikasini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mashxur Britaniya kompaniyasi, tomonidan o鈥檛kazilgan namoishda ishtirok ettilar. Namoish Toshkent shaxrining qurilish ob鈥檈ktlarining birida tashkil etilib, qurilishga butun dunyoda yetakchi hisoblangan JCB 3CX Eco ekskavatori ham jalb qilingan. Ekskavator Buyuk Britaniya milliy bayrog鈥檌 ranglarida boyalgan va shuning uchun Union Jack deya nomlangan.

2014 yilning avgust oyida UK Heavy Machinery, JCBning 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi rasmiy dileri, 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 poytaxti va bir nechta viloyatlarda Union Jackni demo namoishlarini uyushtirmoqchi. Toshkentda keng miqyosda qurilish ishlarini olib borayotgan mahalliy qurilish tashkilotlari JCB 3CX Eco ni tajribada qo鈥檒lab, ekskavatorning innovatsion imkoniyatlarini sinab ko鈥檙ishadi. JCB ekskavatorlari yanada ham samarador bo鈥檒ib, kamroq yonilg鈥檌 ishlatadi, atmosferaga kamroq zararli moddalar chiqaradi; shunday qilib, qurilish texnikasida o鈥檢 yetakchiligini yana bir bor isbotlaydi.

Elchi janoblari va Makston honim Union Jackni 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ning yangi shaxmat federatsiyasining binosi qurilishida ko鈥檙ishga muvofiq bo鈥檒dilar. Bu yerda ular UK Heavy Machinery yetakchilari va Union Jackni haydovchilari bilan ham uchrashdilar. UK Heavy Machinery vakillari Elchiga ekskavatorning sir-asrorlari haqida ma鈥檒umot berdilar.

鈥淏ugun bizga taqdim etilgan texnika Britaniyaning uzoq yillar davomida mavjud bo鈥檒gan va obro鈥 qozongan kompaniyaning maxsultoi bo鈥檒ib bizni o鈥檢 yuqori sifati bilan hayratta qoldirdi. Men JCB kompaniyasiga ulkan omadlar tilayman va umid qilamanki, ular 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 bozorida o鈥檢 o鈥檙nini to鈥檖a oladi.鈥 dedi janob Elchi tadbirdan so鈥檔g.

JCB kompaniyasi dunyoning qurilish texnikasini ishlab chiqaruvchilari orasida yetakchilardan biri hisoblanadi. Bir yilda 300ta dona texnika ishlab chiqarib, o鈥檢 iste鈥檓olchilariga eng yuqori darajada xizmat ko鈥檙satadi. JCB o鈥檢 maxsulotlarini 150 davlatta sotadi. Bu davlatlar ichida 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 ham bor. JCBning vakolatxonasi 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍da 2013 yilda ochilgan.

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 15 avgust 2014