携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Markaziy Osiyo go鈥檢alligidan bahramand bo鈥檒gan sayohatchilar

Ikki Britaniyalik sayohatchi ohirgi 4 oy davomida butun Markaziy Osiyo mintaqasini o鈥檢i uchun kashf ettilar.

袘褍 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
Central Asian desert

Ikki ot mingan Britaniyalik sayohatchi; Metyu Trever va Djeimi Medison ohirgi 4 oy davomida butun Markaziy Osiyo mintaqasi bo鈥檡lab safar uyushtirdilar. Safari davomida ular Osiyo 鈥淵uragi鈥 deb atalmish mintaqa urf-odatlari va manaviyati bilan fotosuratlar, qisqa filmlar olib va shu yerli insonlar bilan muloqot orqali yaqindan tanishdilar.

Ser Mark Orel Stein boshchiligida Britaniyalik tadqiqotchilaridan tashkil to鈥檖gan ekpeditsiya 1930 yilda Markaziy Osiyoga tashrif buyurgan. Jeimi va Metyuning safari yuqorida aytib o鈥檛ilgan ekpeditsiyaning sharafiga tashkillashtirilgan. Ularning fikri bo鈥檡icha bunday safarlar madaniy aloqalarni yanada ham mustahkamlaydi va millatlar aro turli ziddiyatlarni yo鈥檘otadi.

翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga safari chog鈥檌da Britaniyalik sayohatchilar Toshkentdagi Buyuk Britaniya Elchixonasiga tashrif buyurib Elchi o鈥檙inbosari Alison Beket bilan uchrashdilar. Bu muloqot davomida Jeimi o鈥檢 ta鈥檚urotlarini quyidagicha ifodaladi: 鈥淨ozog鈥檌ston, Tojikiston va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 bo鈥檡lab otlarda sayohat qilish men va do鈥檚tim uchun sharaf. Shu yerli insonlarning ko鈥檓agi uchun, biz bilan o鈥檢 uy-joyini, yuraklarini va maslahatlarini ayamagani uchun juda minnatdormiz. Otlarimiz ham biz uchun haqiqiy qahramonlarga aylandi.鈥

Buyuk Britaniyaga qaytganidan so鈥檔g Jeimi bu mintaqa haqida bir qator maqolalarni chop etmoqchi, Metyu esa Markaziy Osiyo haqida hujjatli film yaratmoqchi.

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 30 oktyabr 2013