携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi hodimi O'zbekistonga tashrifi

6-7 oktabr kunlari 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga tashrifi doirasida, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 bilan hamkorlik bo鈥檡icha byurosi hodimi Jizzax va Samarqand shaharlariga tashrif buyurdi

袘褍 2016 to 2019 May Conservative government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
FCO Official visits project sites in Uzbekistan

6-7 oktabr kunlari 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga tashrifi doirasida, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 bilan hamkorlik bo鈥檡icha byurosi hodimi Sara Myurrell honim Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi vakillari bilan Jizzax va Samarqand shaharlariga tashrif buyurdi. Jizzaxda Myurrel xonim shahar hokimiyati huzuridagi 鈥淵agona darcha鈥 markazi faoliyati bilan tanishib chiqdi. Ushbu markazda turli davlat xizmatlarini tadbirkorlik sub鈥檡ektlariga ko鈥檙satish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ta鈥檏idlab o鈥檛ish kerakki, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan va BMT Rivojlanish Dasturi, mahalliy hokimiyatlar va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan va Jizzax, Namangan va Toshkent viloyatlarida aholining davlat xizmatlari hamda ijtimoiy axborotlarga osonroq ega bo鈥檒ishini takomillashtirishga qaratilgan loyiha doirasida bir qancha ishlar qilindi. Loyiha 鈥測agona darcha鈥 tamoyili asosida tadbirkorlik sub鈥檡ektlariga davlat xizmatlari ko鈥檙satilishini takomillashtirishga va mahalliy davlat organlari faoliyatining shaffofligini oshirishga qaratilgan.
Loyiha doirasida 鈥測agona darcha鈥 markazlari faoliyati to鈥檊鈥檙isida qo鈥檒lanma chop etildi, mahalliy hokimiyatlarning va xalq deputatlari Kengashlarining 鈥渙chiq ma鈥檒umotlar鈥 portallarini ishlab chiqishga yordam berildi, hamda davlat xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillariga ochiq ma鈥檒umotlar bazalari bo鈥檡icha seminar-treninglar o鈥檛kazildi.
Bundan tashqari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub鈥檡ektlariga uzluksiz davlat xizmatlari ko鈥檙satilishini ta鈥檓inlash maqsadida Jizzax, Namangan va Toshkent viloyatlaridagi 20 ta 鈥測agona darcha鈥 markazlariga benzinli generatorlar yetkazib berildi. Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi 鈥測agona darcha鈥 markazi esa yiliga 5,5 Kw/soat quvvatiga ega bo鈥檒gan quyosh panellariga ega bo鈥檒di.
Shuni aytib o鈥檛ish lozimki, fuqarolar qulayligi uchun hokimiyat binolari ichida axborot kiosklari tashkil etildi. Ular yordamida, xohlovchilar o鈥檢lariga kerak bo鈥檒gan axborotni qidirib topishlari hamda foydali videoroliklar tomosha qilishlari mumkin. Samarqand shahrida Myurrell honim Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligining moliyaviy ko鈥檓agi asosida mahalliy aholini kasbiy ko鈥檔ikmalarga o鈥檙gatish markazi 鈥淪ABR鈥 va pedagogika kollejiga tashrif buyurdi. Mehmonlar 鈥淪ABR鈥 nodavlat notijorat tashkiloti yaratilishining qisqacha tarixi va uning Buyuk Britaniyadagi 鈥淗aven-Wolverhampton鈥 tashkiloti bilan 19 yillik hamkorligi haqida qisqacha ma鈥檒umot olishdi. Mehmonlar loyiha doirasida sotib olingan uskunalar (qandolatchilik va tikuvchilik, soch turmaklash, kompyuter savodxonligi, trening xonasi, manikyur va pedikyur) bilan jihozlangan Pedagogika kolleji yotoqxonasi binosida joylashgan Mahalliy Rivojlantirish Markazi o鈥檘uv xonalarini ko鈥檢dan kechirishdi. Bundan tashqari mehmonlar kasbiy o鈥檘uv modullari, moliyaviy, huquqiy savodxonlik uchun ishlab chiqilgan interaktiv trening modullari bilan tanishdilar. Mehmonlarga kasbiy malaka kurslariga va o鈥檢 kichik biznesini ochish kurslariga qatnaydigan markaz yaqinidagi mahallalar yoshlari va kollej o鈥檘uvchilarining kelib-ketish jurnallari ko鈥檙satildi.
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 bilan hamkorlik bo鈥檡icha byurosi hodimi Sara Myurrell honim Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi hamda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi Elchixonasi ko鈥檓agida amalga oshirilayotgan ikkala shahardagi ishlar bilan mamnunligini bildirdi.

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 9 noyabr 2016