携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Buyuk Britaniya va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ning ilmiy hamkorligi

翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi Britaniya Kengashi 芦Research is GREAT禄 nomli loyihani amalga oshirmoqda.

袘褍 2015 to 2016 Cameron Conservative government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
Research is GREAT

翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi Britaniya Kengashi 鈥淚ste鈥檇od鈥 fondi, 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 Respublikasi Oliy va o鈥檙ta maxsus ta鈥檒im vazirligi, hamda Buyuk Britaniya Elchixonasi bilan hamkorlikda 芦Research is GREAT禄 nomli loyihani amalga oshirmoqda. Loyiha 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 va Buyuk Britaniya orasidagi tadqiqot, ilmiy loyihalarni amalga oshirish va rejalashtirishda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish hamda ikki davlatdagi oliy o鈥檘uv yurtlari, muassasa va tadqiqot markazlari orasida barqaror hamkorlik aloqalarini o鈥檙natishga qaratilgan.

25-29 yanvar kunlari Britaniya Kengashi Toshkent tibbiyot akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 davlat jahon tillari universiteti, Buxoro davlat universiteti, Bank-moliya akademiyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi hamda Travmatologiya va ortopediya tadqiqot markazi vakillaridan tashkil topgan 30 nafar tadqiqotchilarga ilmiy loyihalar boshqaruvi va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo鈥檡icha seminar-treninglar o鈥檛kazmoqda. Seminar Britaniya Kengashining olimlar va menejerlar uchun mo鈥檒jallangan dunyo miqyosida o鈥檛kazilayotgan Researcher Connect dasturi ichiga kiradi. Dastur o鈥檢bek tadqiqotchi va olimlariga dunyo ilmiy hamjamiyatida mustahkam o鈥檙in egallashlari, samarali xalqaro hamkorlik o鈥檙natish, hamkasblari bilan o鈥檢aro qo鈥檒lab-quvvatlash va tadqiqot natijalari bilan bo鈥檒ishishga yordam beradi.

Loyihaning keyingi bosqichi universitetlararo hamkorlikni rivojlantirish uchun Buyuk Britaniyaga ma鈥檙ifiy safarlar, hamda bu safarlarning natijalari, Buyuk Britaniya va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 tadqiqotchilari va universitetlari orasida hamkorlikni kuchaytirish bo鈥檡icha keyingi chora-tadbirlar taqdim qilinadigan innovatsiya va tadqiqotlar bo鈥檡icha Respublika miqyosidagi anjuman tashkil etishni nazarda tutadi.

Buyuk Britaniyaning 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi Elchisi Janob Kristofer Allan ilmiy loyihalarni boshqarish bo鈥檡icha seminarning ochilishida qatnashdi:

Great Challenge Fund禄 fondidan moliyalashtirilgan bu tashabbus davlatlarimiz o鈥檙tasidagi o鈥檢aro aloqalarning muhim bir qismi hisoblanadi. Ushbu loyiha 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 va Buyuk Britaniya o鈥檙tasidagi ilmiy-tadqiqot hamkorligi sifatining o鈥檚ishiga katta hissa qo鈥檚hadi.

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 28 yanvar 2016