携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Savdo va sanoat bo鈥榶icha O鈥榸bekiston-Britaniya kengashi hamraisi Toshkentga tashrif buyurdi

Savdo va sanoat bo鈥榶icha O鈥榸bekiston-Britaniya kengashi hamraisi Barbara Hey Toshkentga tashrif buyurdi

袘褍 2015 to 2016 Cameron Conservative government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
UBTIC Co-Chair Dame Barbara Hay visited Tashkent

Photo credit Anvar Ilyasov

2015 yilning 3-7 noyabr davomida 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 Respublikasi Bosh vaziri o鈥檙inbosari Rustam Azimovning taklifiga binoan Savdo va sanoat bo鈥榶icha O鈥榸bekiston-Britaniya kengashi hamraisi Barbara Hey Toshkentga rasmiy tashrif buyurdi. Barbara Hey hukumat a鈥檢olari hamda xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan Buyuk Britaniya va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 orasidagi iqtisodiy va savdo hamkorlikning imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida uchrashdi.

Tashrif davomida honim Hey Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor Ganiev, Iqtisodiyot vaziri Galina Saidova kabi yuqori martabali mansabdor shaxslar bilan uchrashuvlar o鈥檛kazdi. Bundan tashqari Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, Amerika Savdo Palatasi kabi xalqaro tashkilotlar, hamda britaniyalik kompaniyalar va qo鈥檚hma-korxonalar vakillari bilan muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, honim Hey 鈥淕lobus鈥 teatri tomonidan Milliy akademik drama teatrida namoyish etilgan 鈥淕amlet鈥 spektaklini tomosha qilib, Xalqaro investitsiya forumida qatnashdi. O鈥檢 tashrifi doirasida Barbara Hey Samarqandga ham safar qilib keldi.

翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga tashrif yakunlarini yasab, honim Barbara quyidagilarni ta鈥檏idlab o鈥檛di:

Men 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍da ishlaganimdan 16 yil o鈥檛gach qaytib, ro鈥檡 bergan o鈥檢garishlarning guvohi bo鈥檒ganimdan nihoyatda mamnunman. Bir qator vazirliklar va idoralar bilan o鈥檛kazilgan foydali muzokaralar 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 hukumatining iqtisodiy rivojlanish va turli sohalarga yetakchi xorijiy investorlarni jalb qilishga qaratayotgan e鈥檛iborini aks ettirdi. Savdo va sanoat bo鈥榶icha O鈥榸bekiston-Britaniya kengashi hamraisi sifatida va Buyuk Britaniyaning 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi elchixonasi bilan samarali hamkorligimiz natijasida ko鈥檖roq britaniyalik korxonlarni 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 bozorini va bu yerda ochilayotgan imkoniyatlarni o鈥檙ganishga jalb qilish umididaman.

Savdo va sanoat bo鈥榶icha O鈥榸bekiston-Britaniya kengashi Buyuk Britaniya va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 hukumatlari tomonidan 1994 yilda joriy qilingan. Kengash doirasida har yili ikki tomonlama savdo va sarmoyalarni oshirishni muhokama qilish uchun forum uyushtiriladi. O鈥橞SSKning navbatdagi yig鈥檌lishi 18 noyabr 2015 Londonda o鈥檛kaziladi. Ushbu yi鈥檊ilish ikkala mamlakat hukumatlari tomonidan qo鈥檒lab-quvvatlanadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor Ganiev va honim Barbara Hey delegatsiyalarni boshqaradilar.

Barbara Hey Avliyo Mixayil va Avliyo Georgiy, Qirolicha Viktoriya va Britaniya Imperiyasining A鈥檒o ordeni kabi bir qator nufuzli mukofotlar egasidir. U Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar vazirligida o鈥檢 faoliyatnin 1971 boshlagan bo鈥檒ib, 1995-1999 yillar davomida 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍da elchi lavozimida ishlagan. Honim Barbara TIVdagi faoliyatini 2013 yakunladi.

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 11 noyabr 2015