携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Buyuk Britaniya MOYQXH Shartnomaga loyiq Protokolni ratifikatsiya qildi

Buyuk Britaniya Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish to'g'risidagi Shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari haqidagi Protokolni ratifikatsiya qildi.

袘褍 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
CANWFZ

Buyuk Britaniya Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish to鈥檊鈥檙isidagi Shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari haqidagi Protokolni ratifikatsiya qildi.

2015 yilning 30 yanvar kuni Buyuk Britaniya Parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinganidan so鈥檔g Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish to鈥檊鈥檙isidagi Shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari haqidagi Protokol shu mamlakatda kuchga kirdi.

Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish to鈥檊鈥檙isidagi Shartnoma 2006 yilning sentyabr oyida Qozog鈥檌stonning Semipalatinsk shahrida imzolangan edi. Qozog鈥檌ston, Qirg鈥檌ziston, Tojikiston, Turkmaniston va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 ushbu Shartnomaning ishtirokchi mamlakatlari bo鈥檒di. Shartnomaning ishtirokchilari yadro qurollarini o鈥檢 hududlarida ishlab chiqarish, sotib olish va tarqatishga yo鈥檒 qo鈥檡maslik majburiyatini o鈥檢 zimmalariga oldilar.

2014 yilning 6 mayda BMTning Xavfsizlik Kengashining doimiy besh a鈥檢osi, shu jumladan Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh va Fransiya Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish to鈥檊鈥檙isidagi Shartnomasiga Xavfsizlik kafolatlari haqidagi Protokolni imzolab, shu mintaqa davlatlariga nisbatan yadroviy qurolni qo鈥檒lash yoki uni qo鈥檒lash bilan tahdid qilmaslik majburiyatini o鈥檢 zimmasiga oldi.

翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar shunday dedi:

Buyuk Britaniya hukumati Markaziy Osiyo davlatlarining yadro qurolini tarqatmaslik xalqaro tartibni mustahkamlash borasidagi say-harakatlarini qutlaydi va qo鈥檒lab-quvvatlaydi. Protokolning ratifikatsiya qilingani Buyuk Britaniyaning yadro qurolidan xoli hududlarni barpo etish borasidagi printsip va maqsadlariga sodiqligini, hamda yadro qurolini qo鈥檒lamaslik kafolatlari ommaviy qirg鈥檌n qurollarini tarqatilishini oldini olishdagi, shu bilan birga, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlashdagi muhim ahamiyati e鈥檛irofini yana bir bor tasdiqlaydi.

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 3 mart 2015