携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Buyuk Britaniya - 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 ikki tamonlama aloqalari

Oliya Hazratlarining 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍daki Elchisi Qirolicha Yelizavetta Ikkinchi Zoti Oliyalarining tavallud topgan kuniga bag鈥檌shlangan rasmiy tantana o鈥檛kazdi va ikki tamonlama aloqalarni yanada ham mustahkamlanishiga ravnaq qo鈥檚hdi.

袘褍 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
Mr Elyor Ganiev and HMA George Edgar

Mr Elyor Ganiev and HMA George Edgar

Kechagi kun olti yuzga yaqin mehmonlar 鈥 Toshkent diplomatik korpusining vakillari va O鈥檢bek mehmonlar Qirolicha Zoti Oliyalarining tavallud topgan kuniga bag鈥檌shlangan tadbirga tashrif buyurdi. Ular ichida: siyosatchilar, tadbirkorlar va madaniyat arboblari. Janob Elyor G鈥檃niev, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vaziri, Vladimir Norov, Tashqi ishlar Vaziri O鈥檙inbosari va janob Sodiq Safoev, Oliy Majlisi Tashqi siyosat ishlari bo鈥檡icha qomitasining raisi eng yuqori darajali O鈥檢bek mehmonlari bo鈥檒dilar. Oliya Hazratlarining Elchisi mehmonlarni qutladi va homiylarga minnatdorchilik bildiridi. 鈥淎lohida minnatdorchiligimni Elchixona bilan yaqin hamkorlikda ishlab kelayotgan 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga bildirmoqchiman. O鈥檡laymanki, biz o鈥檢aro aloqalarimizning turli sohalarida, jumladan mudofaa va havfsizlik hamda savdo aloqalar sohalarida katta muvafaqqiyatlarga erishdik. 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 鈥 Buyuk Britaniya savdo va sanoat kengashining an鈥檃naviy 20chi majlisi uchun tayyorgarlik ishlarini olib bormoqdamiz. Majlis bu yilning Noyabr oyida, London shaxrida bo鈥檒ib o鈥檛adi va umid qilamizki, bu majlis eng ulkan va eng muvaffaqiyatli majlislardan biri bo鈥檒ib qoladi. Va janob Vazir, Elyor G鈥檃nievni 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 鈥 Buyuk Britaniya savdo va sanoat kengashini 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 tomonidan raisi sifatida Londonda kutib qolamiz. Biz ikki tamonlama aloqalarning rivojlantirish sohasida yanada yaxshiroq natijalarga intilishda davom etamiz. Robert Browning aytib o鈥檛ganidek 鈥渋nson har doim qo鈥檒i yetgunicha emas, balki undan ham uzqroqqa intilishi kerak鈥. Bizning ikki tamonlama aloqalarimiz rivoji kengaymoqda va ohirgi ikki kun davomida bo鈥檒ib o鈥檛gan Buyuk Britaniya tashqi ishlar Vazirligining Yuqori martabali davlat Vaziri Baronessa Varsining 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ga bo鈥檒gan tashrifi buning dalilidir鈥 dedi janob Elchi. Mehmonlar London Shotlandiya polkining volinka va baraban musiqachilarining navolaridan va an鈥檃naviy angliya musiqasidan bahramand oldilar. London Shotlandiya polkining musiqachilari Toshkentda va Xivada namoish o鈥檛kazmoqdalar.

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 14 iyun 2013
小褳薪谐谐懈 褟薪谐懈谢邪薪懈褕 14 iyun 2013 show all updates
  1. Changed summary 'The British Ambassador hosted a reception marking Her Majesty鈥檚 the Queen鈥檚 Birthday, and hailed the strengthening UK-Uzbek relationship'

  2. Changed the summary 'Ambassador to Uzbekistan hosted a reception marking the Queen鈥檚 Birthday, and hailed the strengthening UK-Uzbek relationship'

  3. First published.