携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 Qurolli Ixtilof sharoitida Jinsiy Zo鈥檙avonlikka qarshi kurash masalalariga bag鈥檌shlangan Global Sammitda ishtirok etmoqda.

Joriy yilning 10 -13 iyun kunlari London shahrida Qurolli Ixtilof sharoitida Jinsiy Zo鈥檙avonlikka qarshi kurash masalalariga bag鈥檌shlangan Global Sammit bo鈥檒ib o鈥檛adi

袘褍 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
the Global Summit to End Sexual Violence in Conflict

Joriy yilning 10 -13 iyun kunlari London shahrida Qurolli Ixtilof sharoitida Jinsiy Zo鈥檙avonlikka qarshi kurash masalalariga bag鈥檌shlangan Global Sammit bo鈥檒ib o鈥檛adi. Uilyam Heyg, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri va Anjelina Joli, BMTning Qochqinlar bo鈥檡icha Oliy Komissarligining Maxsus Elchisi Sammitga boshchilik qiladi. Sammit bu masalaga bag鈥檌shlangan yagona tadbir. Ixtilof sharoitida zo鈥檙avonlikni to鈥檟tatish uchun amaliy dasturni ishlab chiqarish Sammitning asosiy maqsadidir. Qurolli Ixtilof sharoitida Jinsiy Zo鈥檙avonlikni to鈥檟tatishga bag鈥檌shlangan BMTning Deklaratsini tasdiqlagan 150 davlat vakillari Sammitga taklif qilingan. Bundan tashqari sammitda huquqshunoslar, harbiy xizmatchilar, sud idoralarining vakillari, xalqaro tashkilotlarning mutaxassislari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolik jamiyat vakillari ishtirok etib, o鈥檢 tajribasini bo鈥檒ishadi. Qurolli Ixtilof sharoitida Jinsiy Zo鈥檙avonlikni to鈥檟tatishda muvaffaqiyatga erishish uchun Sammit doirasida xalqaro jamiyat aniq dasturni ishlab chiqaradi. Sammit davomida Jinsiy Zo鈥檙avonlik bo鈥檡icha tergov jarayonida ishlatiladigan birinchi Xalqaro Protokol taqdim etiladi. Ushbu Protokol tergovchilarga hujum uyushtirilganidan so鈥檔g ma鈥檒umotlarni va dalillarni saqlash qoidalari haqida ma鈥檒umot beradi, bu esa jinoyatchilarni kelajakda javobgarlikka tortish uchun imkoniyat yaratib beradi, hamda qurbon va omon qolganlarni boshqa psihologik jarohatlardan asraydi. Buning ustiga Sammit o鈥檢 oldiga harbiy nazariyani qarab chiqishni maqsad qilib qo鈥檡gan. Bu degani ixtilof sharoitida ishlayotgan tashkilotlar qo鈥檚himcha ko鈥檓akga va yangi hamkorlik aloqalarga erishadi. 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 BMTning Qurolli Ixtilof sharoitida Jinsiy Zo鈥檙avonlikni to鈥檟tatishga bag鈥檌shlangan Deklaratsini qo鈥檒lab 鈥 quvvatlagan Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi davlat bo鈥檒di . Summitda 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 tarafidandan 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ing Buyuk Britaniyadagi Favqullodda va Muhtor Elchisi janob Otabek Akbarov qatnashadi.

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 11 iyun 2014